Abstract

Ushbu maqolada sobiq sovetlar mamlakatidagi qayta qurish davri o‘zbek televideniyesi faoliyati o‘rganilgan va qayta qurish yillarining telejurnalistika yuksalishiga qo‘shgan hissasi, saboqlari, uning telejurnalistika tendensiyalariga taʼsiri tahlil qilingan. M. S. Gorbachyov boshlab bergan oshkoralik va demokratlashtirish siyosati ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye uchun ham qulay sharoit yaratdi. Oshkoralik senzurani sezilarli darajada zaiflashtirdi: dolzarb siyosiy masalalarni muhokama qilish bo‘yicha taʼqiqlar olib tashlandi, sovet tarixining “yopiq” mavzularini yoritish boshlandi, amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan kamchiliklarni ochishga yo‘l ochildi. Yangi siyosat jurnalistika imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu davrda televideniyeda jonli efirlar, teledebatlar, telekonferensiyalar bo‘lib o‘tdi, yangi dasturlar, formatlar va janrlar yaratildi, yangi dasturlar va mashhur boshlovchilar paydo bo‘ldi.

Full Text
Published version (Free)

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call