Abstract

Maqolada hazil, yumor va satiraning jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati, kulgining estetik vazifasi va shaxsni tarbiyalashdagi roli Abdulla Qodiriyning hajviy asarlari misolida tahlil qilingan. Qodiriyning zamondoshlari va hozirgi davr adabiyotshunoslarning satira hamda yumor haqidagi ilmiy-nazariy mulohazalari, o‘zbek hajvchiligining chuqur ildizlari, taraqqiyot bosqichlari izohlangan. Hajvga tortilayotgan voqea-hodisalar real hayotdan olingan bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga egaligi va uning hajviyotdagi o‘rni, ta’sir kuchi, jamiyatdagi kamchiliklarni fosh etishda bajaradigan vazifalari o‘rganilgan. O‘zbek adabiyotida kulgi va hajv asosida yaratilgan dastlabki asarlarni A. Qodiriyning ijodida uchratish mumkin, shuning uchun maqolaning obyekti sifatida adibning “Mehrobdan chayon”, “Kalvak mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” asarlari tanlangan. Yozuvchi hajviy asarlarida hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy holatlarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan biryoqlama qoralash, fosh etish yo‘lidan bormay, xarakter va hodisalar tasviriga xolisona yondashib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʼrsatishga jazm etadi. “Mehrobdan chayon” romanidagi “Qiziqlar” bobida xalqona-bayramona kulgi Yevropa adabiyotidagi karnaval manzarasiga o‘xshab ketishi, jamiyatda uchraydigan nuqsonlarni aynan qiziqlar tomonidan hukmdorga kulgi orqali yetkazilishi asardan keltirilgan parchalar asosida muhokama qilingan. “Mushtum” jurnalining mazmun-mundarijasi, faqat hajviy maqolalar uchun mo‘ljallangani ilmiy izohlanib, aynan shu muammo tufayli G‘ozi Yunusov bilan munozara olib borgani, ya’ni jurnal keyingi yillarda siyosiy-mafkuraviy fikr minbariga aylangani hamda jurnalning xarakteriga zid ravishda chop etilayotgan biri-biridan jiddiy maqolalarda na badiiylik, na hajviylik belgilari mavjud emasligini Abdulla Qodiriy umuman qo‘llamasligi faktlar asosida dalillangan. Tadqiqot jarayonida germenevtik tahlil usulidan foydalanilgan. Maqolaning maqsadi kulgining hajviyоtdagi o‘rnini izohlashdan iborat.

Full Text
Published version (Free)

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call