Abstract

Mediamakon va uning vositalari kengayib borar ekan, ular muloqot shakllarini osonlashtiribgina qolmay, ijtimoiy yaqinlikka imkon yaratadi. Shunday ekan, har bir jamiyat a’zosi borki, o‘zini qurshab turuvchi, qaysidir ma’noda, uni axborot uzatish orqali bilvosita boshqaruvchi mediamakonning qimmatli bo‘lagi bo‘lgan mediamatnlarni to‘liq anglashi dolzarblik kasb etadi. Qolaversa, tilshunoslik nuqtayi nazaridan olib qaraganda, tilni ijtimoiy muhitning belgisi sifatida o‘rganuvchi olim uchun ham aynan uning tadrijiy rivojini kuzatish uchun mediamatnlar tadqiqi muhim manba sifatida ahamiyatlidir. Maqolada aynan shu mediamatnlar muloqotdan kutiladigan asosiy maqsad, ya’ni axborot almashinuvini amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan lingvistik birliklar sifatida tahlilga tortilgan. Mediamatn maqomidagi har qanday diskurs birligi borki, ular zamonaviy tendensiyalarga mos ekanligini inobatga olganda, mediamatnlar mohiyatan tilning har qanday kichik o‘zgarishlarini axborot va ma’lumot shaklida yozib boradi. Bu xususiyat mediamatnlardan aynan joriy yoki o‘tgan vaqt oralig‘idagi tilning zamonga mos xosliklarini tadqiq qilishda ma’lumotlar bazasi, ya’ni diaxronik korpuslar yaratilishida asos bo‘la oladi. Maqolada ilk bor mediamatnlarning eng mashhur, qadimiy turlari sirasiga kiruvchi gazeta matnlarini korpus yaratishda asosiy baza bo‘lishi xususidagi nazariy farazlarni o’rtaga tashlaydi va o‘z oldiga mediamatnlar tilning ijtimoiy ifodasi hamda til boyishining asosiy resursi sifatida uning xususiyatlarini yoritishni maqsad qilib belgilaydi. Ishda berilgan nazariy qarashlar, ilmiy faktlar hamda tanqidiy fikrlarni yoritishda kontent tahlil, tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va empirik tahlil metodlaridan foydalanilgan.

Full Text
Published version (Free)

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call