Abstract

Ushbu maqolada baxshichilik sanʼatining soʼnggi taraqqiyoti haqida soʼz yuritiladi. Shuningdek, Xorazmda tarqalgan parixon-poʼrxonlar ham shomonlarning bir koʼrinishi ekanligi, shomonlik esa baxshichilik sanʼatining shakllanishida dastlabki bosqichlardan hisoblanishi, soz va soʼz ustasi boʼlgan baxshilarda dastlab, tabiblik, afsungarlik kasblari ham sintezlashgani, hatto Ergash Jumanbulbul oʼgʼli ham “qoʼshkochlik” vazifasini bajargani haqidu (a) maʼlumotlar berilgan. Jumladan, maqolada А. N. Samoylovichning tadqiqotlarida Xorazm baxshilarining kitobiy dostonlar kuylaganliklarini, dutor, bulamon chalganliklarini hikoya qilganligini alohida taʼkidlanadi. Xorazmda ham shomon, oʼzon, baxshi soʼzlari ishlatilib kelingan va hozirda baxshi atamasi keng ommalashgan. Baxshichilik shaxsining ilohiylashtirilishi ularning yuksak xotirasi va soz, soʼz sohibi ekanligi bilan aloqadordir. Ushbu kasb egalarining doʼmbira joʼrligida doston kuylashlari X-XI asrlar bilan aloqador degan fikrlar mavjud. Bu hodisa ancha qadimiy boʼlishi ham mumkin. Qadimgi xorazm qalʼalaridagi “Аrfachi ayol xonasi”dagi rasmlar bunga asos boʼlishi mumkin. Xorazmda dastlabki baxshi va baxshilar piri hisoblangan tarixiy shaxs (1115-1191) Oshiq Oydin (Oshugʼiddin Umar Suxravardiy) boʼlib, u hozirda ham baxshilarning homiysi hisoblanadi. Uning shaxsi ham ilohiylashtirilgan. Tarixiy manbalarga koʼra Oshiq Oydin soz va soʼz ustasi va ayni paytda davlat arbobi boʼlgan. Musiqa toʼgʼrisida risola ham bitgan. Uning xorazmshohlar hukmronligi davrida yashaganini hisobga olsak, oʼsha davrlarda baxshichilik sanʼatining rivojlangan davri boʼlganligini anglab olish mumkin boʼladi. Oshiq Oydin pirdan keyin turkiy olamda dong taratgan oʼzon, shomon, baxshi Qoʼrqut otadir. XIX asr va XX asr boshlari Xorazm baxshichilik sanʼatining eng gullagan davri ekanligi aytib oʼtilgan.

Full Text
Published version (Free)

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call