Abstract

Mazkur maqolada, NSA (New Stream Algorithm) deb nomlangan yangi oqimli shifrlash algoritmi taklif etilgan. Ushbu algoritm 128-bit maxfiy kalit va 128-bit boshlang‘ich vektorlardan foydalanadi va har bir raundda 64-bit chiqish qiymati hosil qiladi. Algoritmning me’moriy va dasturiy amaliyotlar uchun mosligi, qayta sinxronizatsiya hujumi, bog‘langan kalit hujumi va chiqish ketma-ketligining linear korrelyatsiyasi asosida o‘tkazilgan hujum usullariga qarshi xavfsizligi baholanadi. NSA algoritmining tegishli kalit asosidagi hujumlarga va qayta sinxronizatsiya hujumlariga, shuningdek, differentsial va linear kriptotahlil kabi an’anaviy usullarga qarshi qanchalik bardoshli ekanligi batafsil tahlil qilinadi. Tahlil natijalari NSA algoritmi xavfsiz oqimli shifrlash algoritmi ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, algoritmining turli xavf-xatarlarga qarshi turish qobiliyati, jumladan, an’anaviy va zamonaviy tahdidlarga qarshilik ko‘rsatishi muhokama qilinadi. Tahlillar mazkur algoritmni xavfsiz oqimli shifrlash algoritmi ekanligini tasdiqlaydi.

Full Text
Published version (Free)

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call