Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb masalalardan biri peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazning jadid she’riyatida qo‘llanilishi, badiiy estetik vazifalari tahlil etilgan. Unda mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llanilgan peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazlar tadqiq etilib, jadid shoirlari ijodida mazkur obrazlarga yangi ma’no va mazmun yuklanganligi yoritib berilgan. Bu esa maqola muallifiga jadid she’riyatining dunyoviy va ijtimoiy mohiyatini chuqurroq anglash va tushunishga imkon yaratgan. Maqolada Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy she’rlari misolida peyzaj bilan bog‘liq obrazlarning XX asr boshlari o‘zbek she’riyatidagi o‘rni o‘rganilgan. Jadid shoirlari ijodida ko‘p uchraydigan “quyosh, “oy” , “yulduz”, “bulut”, “barg” , “gul”, “yo‘l” , “tong yeli”, “shamol”, “binafsha”, “qish”, “ko‘klam” singari ko‘plab obrazlarning zohiriy va botiniy qirralari kuzatilib, muayyan umumlashmalar chiqarilgan.

Full Text
Paper version not known

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call