Abstract

Maqolada Alisher Navoiy ijodining turkiy zaminlari haqida soʻz yuritilgan. Xususan, adibning “Farhod va Shirin” dostoni va Sakkokiy ijodi orasidagi umumiy jihatlar yoritilgan. Fikrlar har ikki ijodkor asarlaridagi baytlar bilan izohlab berilgan. Maqolada gʻarbda haligacha hukm surayotgan “turkiy adabiyot toʻla qimmatga ega emas”, Alisher Navoiy fors adabiyotining tarjimoni edi” qabilidagi qarashlarga javob tarzida Navoiy ijodining turkiy ildizlari mavjudligini asoslash maqsad qilib olingan va buning uchun turkiy adabiyotdagi Navoiygacha mavjud tasvirlar baytlar asosida dalillab berilgan. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodi turkiy xalqlar adabiyotining ma’naviy sarchashmalari bilan uzviy aloqadorligi va ayni damda uning mahsuli ekanligi qayta-qayta ta’kidlangan.

Full Text
Published version (Free)

Talk to us

Join us for a 30 min session where you can share your feedback and ask us any queries you have

Schedule a call